Arvohlar makoni bo‘lgan uy haqidagi eng mashhur hikoyalardan biri — Netflix serialiga ham aynan shu asar asos bo‘lgan.
Tepalikdagi eski muhtasham uy o‘zida yashovchilarga faqat baxtsizlik keltiradi. Hech kim u yerda yashashga yoki hatto tunab qolishga jur’at eta olmaydi; mish-mishlarga ko‘ra, "Hill House" arvohlar makoniga aylangan.
Ammo bir kuni uyning sukunati turli xil insonlardan iborat guruh tomonidan buziladi: paranormal hodisalar tadqiqotchisi doktor Montegyu; uning beparvo yordamchisi Teodora; poltergeyst hodisalarini o‘z boshidan kechirgan nozik tabiatli yosh ayol Eleonor va "Hill House"ning bo‘lajak merosxo‘ri Lyuk. Ular o‘z safarlari qanday dahshatli tushga aylanishini hali tasavvur ham qilmaydilar...

