Qiz bolalar uchun xijobli katakli ko‘ylakcha — kundalik foydalanish, bog‘cha, mehmonchilik, oilaviy tadbir, bayram va fotosessiyalar uchun mos tanlov. Zamonaviy va nafis dizaynga ega ushbu uzun yengli ko‘ylakcha oq romol bilan uyg‘un ko‘rinish hosil qiladi. Klassik qora-oq katak naqshi, yoqadagi kontrast bezak va keng bichimi sabab qizaloqlarga qulaylik hamda chiroyli ko‘rinish baxsh etadi.
Koylak yumshoq va tanaga yoqimli matodan tayyorlangan bo‘lib, kun davomida erkin harakatlanishga yordam beradi. Keng fasoni tufayli bog‘cha, sayr, mehmonchilik yoki oilaviy uchrashuvlarda bemalol kiyish mumkin. Nafis bichim, uzun yeng va yopiq uslub uni xijobli qizchalar garderobi uchun mos variantga aylantiradi.


