Xiaomi Smart Band 10 — bu katta va yorqin 1.72 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan, 1500 nit yorqinlikka ega, 60 Gs yangilanish chastotasi va 326 PPI zichlikda aniq tasvir beradigan zamonaviy smart-braslet. 2 mm lik juda ingichka ramkalar uni vizual jihatdan yanada jozibador qiladi va quyosh ostida ham qulay foydalanishni ta’minlaydi.
233 mA·soat sig‘imli batareya 21 kungacha ishlashni ta’minlaydi, Always-On Display yoqilganda esa 9 kungacha ishlaydi. 5ATM suvdan himoya darajasi braсletdan suzish paytida ham bemalol foydalanishga imkon beradi.
Smart Band 10 150 dan ortiq sport rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, faollikni avtomatik aniqlaydi. Yuqori aniqlikdagi 9 o‘qli sensor harakatlarni aniq kuzatadi, yangilangan suzish rejimi esa aylanishlarni 96% aniqlikda sanab boradi.
Sog‘liqni nazorat qilish uchun doimiy yurak urish tezligi, SpO₂, stress, uyqu va faoliyat monitoringi mavjud. Bluetooth 5.3 orqali yugurish yo‘lakchalari, trenajyorlar va mos fitness ilovalariga puls ma’lumotlarini uzatish imkoniyati mavjud.
HyperOS2 qo‘llab-quvvatlovi, magnit zaryadlash va qulay TPU-remeshok — Smart Band 10 ni har kuni foydalanish uchun yanada qulay qiladi.







