• Yengil ipakdek tekstura
• Tabiiy va jozibador jilo
• Uzoq saqlanuvchi effekt
• Zamonaviy ixcham dizayn
• Barcha teri turlariga mos
• Kundalik va kechki pardoz uchun mukammal
Terini quritmaydi va sun’iy yaltirash hosil qilmaydi. Yuzga nafis, mayin va marvariddek yorituvchi nur bag‘ishlaydi. Yuzning baland nuqtalari, yonoqlar, burun usti va ko‘z atrofi chuqurliklarini yoritish hamda konturing qilish uchun juda qulay. Mayda yanchilgan pigmentlari sababli teriga bir tekis suriladi, to‘planib qolmaydi va kun davomida o‘z jozibasini saqlaydi. Kosmetikangiz orasida alohida ajralib turadigan ko‘rkam qadoq va hamyonbop o‘lcham uni o‘zingiz bilan har kuni olib yurish imkonini beradi. Quruq, yog‘li va aralash teri turlarida birdek mukammal natija ko‘rsatadi hamda nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqarmaydi.










