Ingliz yozuvchisi Diana Uinn Jonsning asarlari shunchalik jonliki, ular go‘yo ekranlashtirilishni talab qilib turgandek tuyuladi. Venetsiya kinofestivalining eng oliy mukofoti — "Oltin sher" sohibi, taniqli animator Xayao Miyazaki ("Ruhlar olami" filmi muallifi) yozuvchining Yaponiyada kassaboplik bo‘yicha rekord o‘rnatgan "Xaulning yuruvchi qal’asi" nomli bestselleri asosida animatsion film yaratgan.

