• Qopqoq: yumshoq
• Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Kim o‘z uyining jannatdek bo‘lishini xohlamaydi? Ha, er-xotin o‘zaro mehr-muhabbat bilan bog‘langan, hayot qiyinchiliklariga qarshi bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, farzandlar mehr-oqibat va hurmat doirasida ulg‘ayadigan oila muhitiga ega bo‘lish barchaning orzusi. Afsuski, bugungi oilaviy masalalar beparvolik bilan tilga olinib, yechim topish o‘rniga ular hal qilib bo‘lmas holga kelmoqda, muammolar yana-da ildiz otib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik avj olmoqda, ajrimlar yil sayin ortib bormoqda.
«Uyimiz jannatga aylansin» kitobi Qurʼon va sunnat nuqtai nazaridan ushbu tendensiyani to‘xtatish, oilada yuz bergan muammolarni tahlil qilib, ularning psixologik va maʼnaviy jihatlarini chuqurroq o‘rganish orqali juftliklarga majoziy maʼnoda o‘z uylarini jannatga aylantiradigan yechimlarni taklif etadi. Sog‘lom oila va sog‘lom jamiyat tuzilishiga erishish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Tarjimonlar: Oybek Saydali, Kamola Ahmadjonova, Umida Rahmonova, Gulnigor Mamatqulova
Ikki jins vakilining umr bo‘yi birga yashashi ham mashaqqatli, ham yoqimlidir.
Mashaqqatli tomoni: insonning noaniq feʼl-atvori va qatʼiyatsizligi, osonlikcha “ramka”ga tushmasligi munosabatlarga putur yetkazadi.
Yoqimli tomoni: nima bo‘lishidan qatʼi nazar, inson o‘z qalbiga mos qalb topishi orqali shodligi va baxtini orttiradi, qayg‘u va tashvishlarini kamaytiradi.
Ayrim oilalarda muhabbat yo‘qolib, muhabbatning esa nikohga yetolmayotgan bugungi zamonda yozuvchi va psixoterapevt Senai Demirji bu borada yangi eshiklarni ochib, «Keling, turmush o‘rtog‘imiz bilan ideal oila barpo qilaylik!» deydi va hech qachon unutmasligimiz kerak bo‘lgan haqiqatni eslatadi: nikohimizga maʼno va muhabbat bag‘ishlash o‘z qo‘limizda. Muhimi, bor narsamizning qadriga yetish va imkoniyatlardan unumli foydalanish...

