Bu model old va orqa qismidagi maxsus teshiklar bilan ajralib turadi. Ushbu teshiklar niqob ichida havo aylanishini yaxshilaydi va uzoq vaqt payvandlash jarayonida erkin nafas olishni ta’minlaydi.
Niqob boshga zich o‘tiradi, yuzni uchqun, yorqin nur va payvandlash jarayonidagi noqulayliklardan himoya qiladi. Uzoq ishlaydigan ustalar uchun juda qulay variant.
Classic model klassik dizayn va maksimal qulaylikka ega. Niqob boshga juda zich va ishonchli o‘rnashadi, o‘lchamini esa maxsus sozlash mexanizmi orqali oson moslash mumkin. Kundalik payvandlash ishlari uchun qulay bo‘lib, professional va yarim professional ustalar orasida ishonchli tanlov hisoblanadi.
✔ Ko‘z va yuz uchun yuqori himoya
✔ Qulay va ergonomik dizayn
✔ Uzoq vaqt ishlashda charchatmaydi
✔ Haqiqiy ishda sinalgan, ishonchli niqob

