Farzandingizni hurmat qilasizmi? Albatta, yaxshi ko‘rasizmi deb so‘ramoqchi emasmiz, chunki millati, irqi, dinidan qatʼiy nazar ona maqomidagi zot borki, farzandini o‘z jonidan bir necha karra ortiq sevishi, shubhasiz! Ammo Yaratgandan beg‘ubor bir omonat, go‘zal hadya bo‘lmish bolamizga munosib munosabat ko‘rsatish, farzand tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, uning shaxsini qadrlash har doim, har birimizning qo‘limizdan kelavermasligi rost.
Qo‘lingizdagi mazkur kitobni nafaqat farzand o‘stirayotgan onalar, balki turmush ostonasidagi qizlar ham o‘qib ibrat olishlarini tavsiya qilamiz. Muallif bolalarga “bizniki” deb qarash noto‘g‘ri ekani, aksincha, biz bor-yo‘g‘i Egasining oldidagi bir omonatchi ekanligimizni eslatib, farzand tarbiyasi borasidagi fikrlarimizni mutlaqo o‘zgartiradi, xatolarimizga oyna tutadi.
Tarjimon: Nurulla Abdullayev
Uyimizda chaqaloq yig'isini eshitishimiz bilan quvonchimiz ichimizga sig'maydi, ammo Ona maqomi mas'uliyatli ekanligini kunlar oʻtishi bilan anglab boramiz. Oramizda turli tushunmovchiliklar, sababsiz yig'ilar, itoatsizliklar, o'ziga ishonchning sustligi, uyga vazifalarga e'tiborsizliklar yoki internet olamiga qaramlik kabi muammolar qarshisida chorasiz qolamiz va "najot farishtasi" ni qidiramiz.
Qo'lingizdagi ushbu kitob esa sizga muammolar yechimini topishingizga imkon beradi. Unda siz farzandingizni voyaga yetkazishning samarali usullari hamda baxtli va xotirjam ona-bola munosabatini qurish yo'llari bilan tanishasiz. Bu istagingizga erishishingizda sizga zafarlar va yoqimli mutolaa tilab qolamiz.
Tarjimonlar: Nizomov Xusayin, Askarova Sabina

