Tarixning ilk bitiklarida qayd etilgan davrlardan ham ancha oldin, hali zamonlar g‘uboriga o‘ralgan o‘tmishda Azerot deb nomlangan dunyo mavjud edi. Bu zaminda inson qabilalari bilan birga ko‘plab sehrli mavjudotlar yashar, hamma yoqda tinchlik-osoyishtalik hukm surardi. Ammo bir kuni "Yonayotgan Legion" (Burning Legion)ning dahshatli iblislari — tartibsizlik sehrining qorong‘u xudosi va vayronkor hukmdor Sargeras boshchiligidagi qo‘shin — Azerotga bostirib kirdi. Yovuz kuchlar ta’siriga tushgan ajdaholar, mitti odamlar (dvarflar), elflar, goblinlar, insonlar va orklar parchalangan qirolliklar ustidan hukmronlik qilish uchun o‘zaro kurashga kirishdilar.
Ilohiy kuchga ega himoyachilar — Tirisfal posbonlari — "Yonayotgan Legion"ga qarshi yashirin urush olib borishga majbur edilar. Ulardan biri Mediv edi.

