Azerot endigina shakllanayotgan davrda olijanob Titanlar beshta buyuk ajdaho to‘dasini ushbu dunyoning posbonlari etib tayinladilar va ularning har birining yetakchisiga — "Ajdaho Aspektlari"ga — o‘zlarining kosmik qudratidan bir qismini ato etdilar. Aspektlar birlashib, dunyo xavfsizligiga tahdid soluvchi yovuz kuchlarga qarshi kurashga kirishdilar. Biroq, bundan o‘n ming yildan ko‘proq vaqt muqaddam qora ajdaholar to‘dasi yetakchisi — O‘lim Qanoti (Deathwing) aqlini yo‘qotib, boshqa Aspektlarga xiyonat qildi va ularning birligiga putur yetkazdi. Uning yaqinda Azerotga uyushtirgan va "Kataklizm" nomi bilan mashhur bo‘lgan hujumi dunyoni tartibsizlik girdobiga tortdi.

