O‘z sha’niga dog‘ tushirgan O‘rda (Horde) sardori Blekxendni (Blackhand) mag‘lub etgach, Orgrim Dumxammer (Orgrim Doomhammer) zudlik bilan orklar qo‘shiniga rahbarlikni o‘z qo‘liga oldi. Endilikda u o‘z xalqi ushbu dunyoda yangi makon topishi uchun Azerotning qolgan qismini ham zabt etishni maqsad qilgan.
Stormvindning sobiq sarkardasi Anduin Lotar (Anduin Lothar) vayron bo‘lgan yurtini ortda qoldirib, o‘z xalqini Buyuk dengiz orqali Lordaeron qirg‘oqlariga boshlab keldi. U yerda olijanob qirol Terenas ko‘magida boshqa insonlar davlatlarini birlashtirib, qudratli Ittifoq (Alliance) tuzdi. Biroq, bu ham O‘rdaning shafqatsiz hujumini to‘xtatish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

