WHOOP 5.0 Life — professional darajadagi sog'liq va jismoniy faollikni kuzatuvchi zamonaviy fitnes-bilaguzuk. Qurilma 24/7 rejimda yurak urishi, uyqu sifati, stress, tiklanish (Recovery) va jismoniy yuklamani (Strain) tahlil qiladi. Displeysiz minimalist dizayni tufayli u kun davomida qulay taqiladi va barcha ma'lumotlar mobil ilovada aks etadi.
WHOOP Life versiyasi yurak faoliyatini ECG (elektrokardiogramma) orqali tekshirish, AFib (aritmiya) belgilarini aniqlash, qon bosimi bo'yicha kundalik tahlillar (beta) hamda Healthspan funksiyasi orqali biologik yosh va uzoq muddatli salomatlik holatini baholash imkonini beradi. Qurilma 14 kungacha batareya quvvatida ishlaydi va suvga chidamli hisoblanadi.

