Agar siz boshliq sizdan nimani xohlayotganini tushunmasangiz; agar qo‘l ostingizdagilar siz ularga aytayotgan so‘zlarning birortasini ham eshitmasa; agar ofisda o‘zingizni hayvonot bog‘idagidek his qilsangiz, ehtimol, hech kim sizning hayotingizni ataylab buzmoqchi emas. Shunchaki, siz qizil, boshlig‘ingiz esa yashil. Yoki aksincha.
Ushbu kitob orqali siz o‘z boshliqlaringiz bilan til topishib, eng dangasa qo‘l ostidagilarni ham samarali boshqarishni o‘rganasiz. Har bir kishiga to‘g‘ri yondashuvni bilsangiz, boshliqqa o‘z g‘oyangizni yuqtirish, uning tajovuzidan himoyalanish, hamkasblar hurmatini qozonish va samarali jamoa tuzish ancha oson bo‘ladi.
Tomas Erikson juda tushunarli va hazilomuz tarzda shunday hikoya qiladi:
Yaxshi boshliq va yaxshi mutaxassis o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
o‘z boshlig‘ining turini qanday aniqlash va u bilan muloqot qilishning eng samarali usulini topish;
har bir rang turi vakili bilan ideal ish munosabatlariga qanday erishish mumkin;

