Yunjea aleksitimiya deb ataladigan miya xususiyati bilan tug‘ilgan; bu holat unga qo‘rquv yoki g‘azab kabi his-tuyg‘ularni boshdan kechirishni qiyinlashtiradi. Uning do‘stlari yo‘q — bunga miyasining tubida joylashgan bodomsimon shakldagi ikkita neyron sababchi bo‘lgan, — biroq jonkuyar onasi va buvisi unga xavfsiz va osoyishta hayotni ta’minlab berishadi. Onasining eski kitoblar do‘koni ustidagi kichik uyi rang-barang yopishqoq qog‘ozchalar bilan bezatilgan bo‘lib, ular unga qachon jilmayish, qachon «rahmat» deyish va qachon kulish kerakligini eslatib turadi.

