VOKA oshxona uchun “antiyog‘” vositasi yog‘, kuyik va ovqatdan qolgan kirlarni plita, pech, dudbo‘ron, idishlar, metall qismlar, kafel va oshxona yuzalaridan samarali tozalash uchun mo‘ljallangan. Yumshoq PAV asosidagi formulasi kir qatlamiga tez singib, uni eritadi va dog‘siz, tirnalishsiz hamda yaltiroqlikni yo‘qotmasdan tozalaydi. Vosita surtgandan so‘ng darhol ishlay boshlaydi va qizdirish yoki kuchli ishqalashni talab qilmaydi.
Antiyog‘ yopishqoq plyonka va o‘tkir kimyoviy hid qoldirmaydi, suv bilan oson yuviladi va metall, shisha, plastik, yog‘och hamda boshqa qattiq yuzalar uchun mos. VOKA’ning o‘ziga xos hidi foydalanishni yanada qulay qiladi. Oshxonani muntazam parvarish qilish uchun mos bo‘lib, texnika va mebellarning ozoda ko‘rinishini saqlashga yordam beradi.
Tarkibida xlor, kislotalar va kuchli erituvchilar yo‘q, dezinfeksiya qiladi va yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi. Qulay purkagich tufayli suyuqlik teng taqsimlanadi va kundalik tozalashda tejamkor sarflanadi.
Qo‘llash usuli: dozator qulfini oching, vositani 15–20 sm masofadan purkang, 1–3 daqiqa qoldiring (qattiq kirlar uchun 5 daqiqagacha), so‘ng nam gubka yoki salfetka bilan arting va suv bilan yaxshilab chaying. Vositaning faqat belgilangan maqsadda, shamollatiladigan xonada va qo‘lqopda foydalaning, teri va ko‘zga tekkizmang, kislota va xlor bilan aralashtirmang, issiq yuzalarga surtmang.
Uyingizda qulay muhit yarating. VOKA ishlasin, siz ilhomlaning.

