• Turi: xelat shaklidagi rux
• Chiqarilish shakli: kapsulalar
• Miqdori: 120 kapsula
• Ta’msiz
• Asosiy komponent: rux bisglisinati (25 mg sof elementar rux)
• Qabul qilish: kuniga 1 marta ovqatlanish vaqtida 1 kapsuladan
• Qo‘llanilishi (foydasi): immunitet, musaffo teri, sochlar, erkaklar salomatligi, uglevodlar almashinuvi, to‘qimalarning tez tiklanishi
• Sertifikatlar: Halol (Halal), Muvofiqlik sertifikati, HACCP
Rux — kuchli immunitet va sog‘lom teri asosi
Rux organizmdagi 300 dan ortiq ferment faoliyatida ishtirok etadi. Kuchli stress, intensiv sport mashg‘ulotlari va noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida uning zaxirasi tezda kamayib ketadi.
Formulada ruxning eng yaxshi o‘zlashuvchi xelat shakli — bisglisinat qo‘llanilgan. U oksid yoki sulfat shakllariga qaraganda ancha oson singadi va oshqozonni bezovta qilmaydi (ko‘ngil aynishini keltirib chiqarmaydi).
Kuniga atigi 1 ta kapsula organizmni 25 mg sof rux bilan ta’minlaydi: immunitetni mustahkamlaydi, teri, soch va tirnoqlar go‘zalligini asraydi. Erkaklarda esa normal testosteron darajasi va reproduktiv salomatlikni saqlashga xizmat qiladi.

Asosiy afzalliklari:
• Yuqori darajada singuvchan (biokiraoluvchi) xelat shakli.
• Oshqozon-ichak trakti uchun xavfsiz va qulay.
• Muammoli teri holatini yaxshilaydi.
• Erkaklar salomatligi va fertilligini qo‘llab-quvvatlaydi.
• Oqsil sintezi va uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi.
Komponentning xususiyati:
• Rux bisglisinati (25 mg) — yuqori singuvchanlikka ega xelat shakli bo‘lib, immunitetdan tortib hujayralarning yangilanishigacha bo‘lgan yuzlab fermentativ jarayonlarda faol qatnashadi.
Kimlar uchun va qaysi holatlarda tavsiya etiladi:
• Shamollash va viruslar mavsumida immunitetni kuchaytirish uchun.
• Muammoli teri, akne (husnbuzar) va jarohatlarning sekin bitishida.
• Erkaklar gormonal salomatligini saqlash maqsadida.
• Sport bilan faol shug‘ullanuvchilarga kuchni tezroq tiklash uchun.
• Har kungi mineral qo‘shimcha sifatida.
Boshqa vositalar bilan birga qo‘llanilishi (Mos kelishi):
• Magniy + B6 bilan: asab tizimi va moddalar almashinuvi uchun klassik kombinatsiya.
• Kollagen va Gialuron kislotasi bilan: teri va to‘qimalarni har tomonlama yoshartirish hamda namlantirish uchun.
• Erkaklar yoki ayollar vitamin majmuasi bilan: organizmning umumiy vitamin-mineral ehtiyojini to‘liq qoplash uchun.
• «Aurozel» bilan: kofeinsiz tabiiy energiya va kuchli immunitet manbai.

Qo‘shimcha ma’lumot:
Rux bisglisinati noorganik shakllardan farqli o‘laroq, kalsiy va temir moddalarining so‘rilishiga xalaqit bermaydi (ular bilan raqobatlashmaydi), bu esa boshqa muhim minerallar tanqisligi kelib chiqishining oldini oladi.
Reklama obyekti dori vositasi hisoblanmaydi.

