Ayollar uchun viskoza va bambuk aralash matodan tayyorlangan zamonaviy pijama komplekti. Komplekt tugmali qisqa yengli ko’ylak va uzun sharvardan iborat. Yumshoq, yengil va havo o’tkazuvchan matosi tanaga yoqimli bo’lib, kunlik foydalanish, uyda dam olish va uxlash uchun qulaylik yaratadi. Nafis krujeva bezaklari va ko’krak qismidagi bezak elementlari mahsulotga o’ziga xos ko’rinish bag’ishlaydi. Mato o’z shaklini yaxshi saqlaydi, parvarishi oson va uzoq muddat foydalanish uchun mos. Bahor, yoz va kuz fasllarida kiyish tavsiya etiladi.
Parvarish qilish bo’yicha tavsiyalar:
30°C dan yuqori bo’lmagan haroratda nozik rejimda yuvish.
Oqartirgich ishlatmaslik.
Siqish (otjim)ni past aylanishda bajarish.
Soyada tabiiy quritish.
Zarurat bo’lsa, matoni teskari ag’darib, past haroratda dazmollash.

