Premium oyna vetroviklari Matiz, Lacetti, Nexia 2, Nexia 3, Damas, Cobalt, Monza, Tracker, Spark, Tico va Onix avtomobillari uchun mo‘ljallangan. Deflektorlar salonni yom‘ir, qor va kuchli shamoldan himoya qilishga yordam beradi hamda oynani biroz ochib, avtomobil ichini qulay shamollatish imkonini beradi. Yomg‘ir tomchilari va changning salonga kirishini kamaytiradi, safar paytida qulaylik yaratadi va avtomobil ko‘rinishini yanada zamonaviy qiladi. Vetroviklar mustahkam, kundalik foydalanishga mos va harorat o‘zgarishlariga chidamli materialdan tayyorlangan. Shakli avtomobil eshik romlariga mos ishlab chiqilgan va o‘rnatilganda chiroyli ko‘rinadi. Xarid qilishdan oldin avtomobilingiz modeliga mos variantni tanlang. Komplekt tarkibida tegishli avtomobil modeli uchun vetroviklar to‘plami mavjud. O‘rnatishdan oldin yuzani tozalash va yog‘sizlantirish tavsiya etiladi. Shahar va trassada kundalik foydalanish uchun mos.

