Crystal Noir — bir qarashda sokin, ammo yaqinroq tanishgan sari o‘ziga tortadigan aroma. Iliq ziravorlar, nafis gullar va yumshoq yog‘ochsimon ohanglar uyg‘unligi unga o‘ziga xos, sirli xarakter beradi.
Bu atir o‘ziga ishongan, nafis va e’tiborda qolishni istaydigan ayollar uchun. Ayniqsa kechki payt, uchrashuvlar va maxsus vaziyatlarda o‘z jozibasini chiroyli namoyon qiladi.
Yuqori: zanjabil, kardamon, qalampir
Yurak: kokos, gardeniya, pion
Baza: sandal daraxti, amber, mushk
O‘ziga xos, oddiy hidlardan farq qiladigan va esda qoladigan ayollar atirini izlayotganlar uchun.
Raspiv format — sevimli aromani qulay hajmda sinab ko‘rish va o‘zingiz bilan olib yurish uchun.

