Hayotim butkul o‘zgardi. Ha, men Katmer akademiyasiga qaytdim, ammo xotiram hamon pand bermoqda. Men bilan nima yuz berdi? Nega hech narsani eslay olmayapman?
O‘zimni nihoyat xavfsiz his qila boshlaganimda, Hudson o‘zini namoyon qiladi. U haqiqatni biladi — va bu haqiqat Jaxon bilan bo‘lgan munosabatlarimni barbod qiladi.
Ammo hozircha ularning hech biri hammasini oshkor etishga tayyor emas, shu bilan birga, yovuz kuch tobora yaqinlashib kelmoqda. Endi men nafaqat o‘zim, balki boshqa o‘quvchilar uchun ham kurashishim kerak. Ularni qutqarish esa — bunga har qachongidan ham ko‘proq aminman — yangi qurbonliklarni talab qiladi.

