Yuragingiz sinib, tuyg‘ularingiz oyoqosti qilinganda nima qilasiz? Eng yaqin dugonangiz bilan soatlab telefonlashasizmi? Yoki shokolad yeb, yotoqda yotgancha xo‘ngrab yig‘laysizmi? Afsuski, Gvendolinning bunga mutlaqo vaqti yo‘q. Buning sababi shundaki, u o‘n yetti yoshida kutilmaganda o‘zida vaqt bo‘ylab sayohat qilish geni borligini bilib qoladi. Boshi aylanib ketadi: xronograf, Qon halqasi, O‘n ikki siri, shuningdek, turli bazmlar, kechalar, to‘qnashuvlar va o‘tmishning qorong‘u labirintlari bo‘ylab sayohatlar... Endi esa kimdir uning ortidan ovga chiqqan, shu bois eng muhim narsa — omon qolishdir!

