Vaqt bo‘ylab sayohat qiluvchilarning maxfiy jamiyati tarixida yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘shliqlar va mavhum jihatlar mavjud.
Gvendolin bularning zamirida dahshatli sir — bir fitna yashiringanini sezadi, ammo buni Gideon va boshqalarga qanday isbotlay oladi?
Sirni ochishga urinish jarayonida bosh qahramonlarni maxfiy kodlar, shifrlar, xabarlar, ta’qiblar, o‘q ovozlari va arvohlar kutib turibdi. Gideon Gvendolinni o‘z his-tuyg‘ulari chin ekanligiga ishontira olarmikan? U qizning singan qalbini davolab, uni o‘lim xavfidan qutqara olarmikan?

