Vanna pardasi — hammomda suv sachramasligi uchun. O'rnatish uchun
halqalar komplektda, alohida sotib olish shart emas.
O'LCHAMI
180 × 180 sm — standart vanna va dush kabinasiga mos keladi.
SUVDAN HIMOYA
Material suvni o'tkazmaydi. Dush olayotganda suv pol va devorga
sachramaydi, hammom quruq qoladi. Shu bilan toza saqlash ham
osonlashadi — har safar pol artish kerak emas.
MATERIAL
Plastik, suv o’tkazmaydigan, Yengil va egiluvchan. Siljitganda shovqin qilmaydi, oson ochilib
yopiladi. Nam muhitda deformatsiyalanmaydi.
NAQSHI
Oq fonda yorqin gullar — oddiy hammomni jonlantiradi. Rang vaqt
o'tishi bilan so'nmaydi.
KOMPLEKTDA
• Parda — 1 dona
• O'rnatish halqalari — to'plamda
Qo'shimcha hech narsa sotib olmaysiz: qutini ochib, halqalarni o'tkazib,
shtangaga ilasiz. Besh daqiqalik ish.
PARVARISH
Iliq suv va yumshoq vosita bilan yuviladi. Dog' paydo bo'lsa, nam
latta bilan artsangiz ketadi. Yuvgandan keyin osib qo'ying — o'zi
quriydi.

