Vakuumator — mahsulotni paketga solib, ichidagi havoni so‘rib oladigan va paket og‘zini issiqlik bilan payvandlab yopadigan uy apparati. Havosiz qadoqda mahsulot qurib qolmaydi, muzlatkichda boshqa hidlar aralashmaydi, qadoq hajmi kichrayadi va muzlatkichda joy tejaladi.
Nimalarni qadoqlash mumkin
Xom va pishirilgan go‘sht, qiyma, baliq, pishloq, kolbasa, yorma, guruch, un, qahva, yong‘oq, quritilgan mevalar, sovitilgan tayyor taomlar.
Asosiy xususiyatlari
So‘rish kuchi 65 kPa, quvvati 120 W. Bitta paketni vakuumlash va payvandlash 10–20 soniya davom etadi.
5 ta ish rejimi. Dry — quruq mahsulotlar uchun: havoni so‘radi va paketni o‘zi yopadi. Damp — kam namli mahsulotlar uchun (marinadlangan go‘sht, baliq). Large item — hajmli mahsulotlar va yon tomoni buklangan paketlar uchun. Vacuum — qo‘lda vakuum: tugmani bosib turganingizcha havo so‘riladi, qo‘yib yuborsangiz to‘xtaydi. Non, pishiriq kabi yumshoq mahsulot ezilib qolmasligi uchun qulay. Sealing — vakuumsiz, faqat payvandlash: rulondan paket tayyorlash va suyuqlik solingan paketni yopish uchun.
Raqamli displey. Ekranda vakuumlash va payvandlash vaqti ko‘rinadi.
O‘rnatilgan kesgich. Apparat ustidagi surgich paketni kerakli uzunlikda tekis kesadi.
3 mm payvand chizig‘i. Keng issiqlik tasmasi mustahkam va tekis chok qoldiradi.
Idishlar uchun shlang. Vakuum klapanli idish va qopqoqlardan havoni so‘rib olish uchun. Idishlar komplektga kirmaydi.
100–240 V. Uy elektr tarmog‘iga mos, vilkasi Yevropa standartida.
Qaysi paket mos keladi
Faqat naqshli (relyefli) vakuum paketlar ishlatiladi: naqsh havo chiqishi uchun yo‘lak hosil qiladi. Oddiy silliq paketdan havo so‘rilmaydi. Komplektdagi 10 ta paketning o‘lchami 24,8 x 17,2 sm. Qo‘shimcha paket yoki rulon olayotganda naqshli vakuum paket ekaniga e’tibor bering.
Kimlar uchun
Go‘shtni ko‘p miqdorda olib, bo‘laklab muzlatadiganlar, qishga zaxira tayyorlaydigan oilalar, ovchi va baliqchilar, oshxonada tartibni yaxshi ko‘radiganlar uchun. Uy-ro‘zg‘or uchun sovg‘a sifatida ham mos.
Muhim
Vakuum qadoq muzlatkichning o‘rnini bosmaydi: tez buziladigan mahsulotlarni vakuumlagandan keyin ham muzlatkich yoki sovutkichda saqlang. Yangi meva va sabzavotlarni vakuumlash tavsiya etilmaydi: ular achib, gaz chiqaradi. Issiq taomni avval soviting, keyin qadoqlang. Sof suyuqlikni vakuumlab bo‘lmaydi, uni faqat payvandlab yopish mumkin.
To‘plamda
Vakuumator, idishlar uchun shlang, elektr kabeli, 10 ta vakuum paket (24,8 x 17,2 sm), ingliz tilidagi qo‘llanma. O‘zbek va rus tilidagi yo‘riqnoma kartochkaning "Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma" bo‘limida.
Kafolat — 6 oy.

