MAHSULOTLAR UCHUN VAKUUM QADOQLAGICH — YANGILIK VA QULAY SAQLASH
Qurilma paket ichidagi havoni chiqarib, uni germetik tarzda yopadi va mahsulotlarning yangiligi, ta’mi hamda xushbo‘yligini uzoqroq saqlashga yordam beradi. Go‘sht, baliq, sabzavotlar, mevalar, pishloq, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor taomlar uchun mos keladi.
5 TA REJIM:
🔸 Vakuum + yopish — paket ichidagi havoni chiqarib, uni germetik tarzda yopadi. Mahsulotlar va uy sharoitidagi tayyorlamalarni saqlash uchun juda qulay.
🔸 Faqat yopish — havoni chiqarmasdan paketni germetik tarzda yopish imkonini beradi. Porsiyalarga ajratib qadoqlash va ochilgan paketlarni qayta yopish uchun qulay.
🔸 Yormalar — sochiluvchan mahsulotlarni ehtiyotkorlik bilan qadoqlash uchun.
🔸 Nam mahsulotlar — baliq, marinadlangan go‘sht, sersuv sabzavotlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor taomlar uchun mos.
🔸 Quruq mahsulotlar — deformatsiyalanishdan qo‘rqmaydigan quruq mahsulotlarni kuchli vakuumlash uchun.
QO‘SHIMCHA FUNKSIYALAR
🔸 Vakuumlash trubkasi — boshqa turdagi paketlardan, jumladan zip-paketlar va klapanli paketlardan ham havoni chiqarish imkonini beradi (masalan, sayohat uchun kiyimlarni qadoqlashda).
🔸 O‘rnatilgan kesgich — qaychisiz kerakli o‘lchamdagi paketni tezda tayyorlash imkonini beradi.
🛡️ MAHSULOTLARNI ISHONCHLI HIMOYA QILISH
Germetik qadoqlash mahsulotlarning havo bilan aloqasini kamaytiradi hamda ularni begona hidlar, namlik va changdan himoya qiladi. Vakuumator mahsulotlarni muzlatkich va muzlatish kamerasida saqlash, shuningdek, uy sharoitida tayyorlamalar tayyorlash uchun mos.
🎁 50 TA PAKET KOMPLEKTDA
Alohida sarf materiallarini xarid qilish shart emas — qurilma bilan birga vakuumli qadoqlash uchun 50 ta paket olasiz. Vakuumlash trubkasi va o‘rnatilgan kesgich ham komplektda mavjud.
📦 KOMPLEKT TARKIBI
🔹 Vakum apparat qadoqlagich-yopgich — 1 dona.
🔹 Vakuum qadoqlash paketlari — 50 dona.
🔹 Vakuumlash trubkasi — 1 dona.
🔹 O‘rnatilgan kesgich.
🔹 Elektr shnuri - 1 dona.





