Alber Kamyuning «Vabo» asari — bu masal-roman. Shaharga dahshatli kasallik yopiriladi va odamlar nobud bo‘la boshlaydi. Haqiqatni yashirish orqali shahar ma’muriyati aholini epidemiyaning garoviga aylantiradi. Har bir inson tanlov qarshisida qoladi: yo hayot uchun kurashib, najot yo‘lini izlash, yoki vabo hukmronligi va muqarrar o‘limga taslim bo‘lish. Ko‘plab adabiyotshunoslar ushbu romanni Fransiyaning fashistlar tomonidan bosib olingan davridagi voqealarning allegoriyasi sifatida talqin qiladilar.

