Minimalistik dizayni, old qismidagi nafis tugmalari va tekis bichimi obrazga didli hamda zamonaviy ko‘rinish beradi. Yumshoq va yengil matosi kun davomida qulaylik yaratadi.
Midi uzunligi va uzun yenglari bahor, kuz hamda salqin yoz kunlarida bemalol kiyishga mos. Krossovka, tufli yoki lofer bilan juda chiroyli uyg‘unlashadi. Kundalik stilni yoqtiradiganlar uchun amaliy tanlov. 

