Zargarlik qotishmasidan uzuk, sirti 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Iliq pushti tus barmoqni nafis qiladi va har qanday rangdagi kiyimga mos. Uni yana bitta ingichka uzuk bilan birga yoki yakka taqinchoq sifatida taqish qulay. Qoplamaga suv, namlik va maishiy kimyoviy vositalar zarar beradi, shu bois uzukni tozalash va dushdan oldin yeching, quruq joyda yumshoq xaltachada saqlang.

