Uzukning asosi mis qotishmasidan, qoplamasi 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Pushti tus klassik tillarangdan iliqroq va kuz-qish ranglariga yumshoq tushadi. Taqinchoq pudra, qahva va bordo rangdagi kiyimga yaxshi yarashadi. Uni qo'shni barmoqdagi xuddi shunday uzuk bilan yoki yakka o'zi taqish mumkin. Qoplama uzoq turishi uchun uyqu, sport va suvdan oldin yeching. Quruq xaltachada saqlang, faqat quruq yumshoq mato bilan, qattiq vositalarsiz tozalang.

