Uzuk mis asosda tayyorlangan, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan qoplama berilgan. Iliq pushti rang sariqdan yumshoqroq kurinadi va qulda sokin seziladi. Uni ayni shu rangdagi bilaguzuk, ziraklar yoki yonidagi barmoqqa taqiladigan nafis uzuk bilan birga taqish qulay. Jinsi, trikotaj va ish kiyimi bilan yarashadi. Qoplama uzoq turishi uchun dush, hovuz va tozalash ishlaridan oldin yeching, ustiga atir hamda krem surmang. Quruq joyda, boshqa buyumlardan alohida saqlang va yumshoq quruq mato bilan arting.

