Uzukning asosi 18 karat sariq tilla yugurtirilgan, bezagi esa fianitlar bilan to'ldirilgan. Toshlar qo'l harakatida yorug'likni ushlaydigan qilib joylashtirilgan. Uzuk tantana, tug'ilgan kun va kechki chiqishga mos keladi. Ish kiyimi bilan ham yaxshi turadi, faqat boshqa taqinchoqlarni soddaroq qoldirgan ma'qul. Qoplama va toshlarga suv hamda maishiy kimyo zarar beradi. Idish yuvish, uy tozalash va dushdan oldin yeching, boshqa buyumlardan alohida saqlang va vaqti-vaqti bilan yumshoq quruq mato bilan arting.

