Zargarlik qotishmasidan yasalgan uzuk, sirti 18 karat sariq tilla yugurtirilgan. Markazida fianit bor, uning qirralari xira yoruglikda ham nur qaytaradi. Bu bijuteriya, shuning uchun uzuk yengil va barmoqni charchatmaydi. Iliq sariq tus bej, shokolad va oq kiyim bilan, shuningdek shu rangdagi soat bilan uygunlashadi. Qoplama namlik va ishqalanishdan zararlanadi: dush, hovuz va tozalash ishlari oldidan uzukni yeching, rakovina yonida qoldirmang, quruq salfetka bilan artib yopiq qutida saqlang.

