Bijuteriya uzugi: asosi mis, ustiga 18 karat sariq tilla yugurtirilgan, fianit toshi qadalgan. Tosh nurni aks ettiradi, shu bois uzuk kechki chiroq ostida ham seziladi. U bayramga ham, oddiy kunga ham mos keladi, tuhfa sifatida ham tanlanadi. Tosh qadalgan ziraklar va nozik bilaguzuk bilan birga taqilsa, komplekt yaxlit chiqadi. Qoplamani atir, krem va kimyoviy vositalardan asrang, uyqu va suvdan oldin yeching, yumshoq qopchada saqlang va quruq mato bilan arting.

