Uzuk mis qotishmasidan tayyorlangan, usti 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Iliq tus bosiq koʻrinadi va keskin yaltirashni yoqtirmaydiganlarga mos keladi. Model kundalik kiyimga ham, oilaviy bayramga ham yarashadi, uni tuhfa sifatida ham tanlashadi. Shu rangdagi ziraklar bilan birga yoki qoʻlda yagona bezak sifatida taqiladi. Olishdan oldin oʻlchamni odatdagi uzugingiz boyicha tekshiring. Taqib yurganda suv va yuvish vositalaridan saqlang, quruq joyda turgizing, yumshoq mato bilan arting.

