Mis uzuk, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Bosiq pushti rang ofisda va muzokaralarda o'rinli, bunday joyda yorqin taqinchoq ortiqcha bo'ladi. Bo'sh vaqtda uzuk jinsi, ko'ylak va trikotaj bilan ham yaxshi ko'rinadi. Yaxlit to'plam kerak bo'lsa, shu tusdagi ziraklar bilan to'ldiring. Qoplama suv va ishqalanishdan tez yemiriladi, shuning uchun dush, uy tozalash va qo'l bilan bajariladigan ishlardan oldin uzukni yeching, uni boshqa buyumlardan alohida saqlang.

