Uzuk mis asosda yaratilgan, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan qoplama berilgan. Asos yengil, shuning uchun uzoq taqib yurganda ham sezilmaydi. Bunday uzuk kundalik kunlar uchun qulay: ish kiyimi bilan sokin kurinadi, ofisda ham, sayrda ham yarashadi. Xohlasangiz, bir xil rangdagi ikki uzukni turli barmoqqa taqish mumkin. Parvarish oddiy: kun davomida taqilgandan keyin yuzasini quruq salfetka bilan arting va qutiga soling. Yuvish vositalari, xlorli suv va atir qoplama muddatini qisqartiradi.

