Uzukning asosi misdan, yuzasiga 18 karatlik pushti tilla yugurtirilgan. Qoplama tekis va issiq tus beradi, buyum har qanday teri rangida ozoda yarashadi. Bu model tez-tez taqish uchun ishlangan: u yengil va kun davomida xalaqit bermaydi. Shu tusdagi ziraklar, zanjir yoki soat bilan birga taqish qulay. Suv, pardoz vositalari va uy kimyosi qoplama muddatini qisqartiradi. Dushdan va tozalash ishlaridan oldin uzukni yeching, quruq xaltachada saqlang va vaqti-vaqti bilan yumshoq mato bilan arting.

