Uzuk misdan tayyorlangan, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Pushti rang sariqqa qaraganda yumshoqroq, shu bois u och rangdagi kiyim va yengil matolarga yaxshi yarashadi. Qosh yoq, shuning uchun uzuk boshqa taqinchoqlarga xalaqit bermaydi: bilaguzuk yoki soat bilan birga taqiladi. Kundalik yurish va uchrashuvlar uchun qulay. Qoplama suv va pardoz vositalaridan asralsa uzoq turadi. Dush, basseyn va uy tozalashdan oldin yeching, quruq joyda alohida saqlang, taqqandan keyin yumshoq salfetka bilan arting.

