Mis asosli bijuteriya uzugi, ustiga 18 karat oq tilla yugurtirilgan, fianit toshi qadalgan. Sovuq, ochiq tus kumush rangdagi soat va taqinchoqlar bilan bemalol yarashadi. Uzuk ish kiyimiga ham, kundalik kiyimga ham mos keladi, uni yakka yoki yana bitta ingichka uzuk bilan birga taqish mumkin. Kulrang, moviy va qora kiyimga yaxshi mos tushadi. Dush, basseyn va uy tozalashdan oldin yeching, ustiga krem va atir surtmang, quruq yumshoq mato bilan arting va alohida qopchada saqlang.

