Uzuk mis asosidagi zargarlik qotishmasidan tayyorlangan, ustiga 18 karatli atirgul rang tilla yugurtirilgan. Iliq pushti tus teri rangiga yumshoq mos tushadi. Buyum to'plam sifatida qulay: xuddi shu rangdagi bilaguzuk yoki ziraklar bilan birga taqish mumkin, xohlasangiz qo'ldagi yagona urg'u bo'lib qoladi. Qoplama suv, atir va ishqalanishni yoqtirmaydi, shuning uchun yuvinish va sport mashg'ulotlaridan oldin yeching, quruq joyda saqlang va yumshoq mato bilan arting.

