Uzuk 750 proba sariq tilla yugurtirilgan va fianit toshlar bilan bezatilgan. Toshlar zich terilgani uchun qo'l harakatlanganda yaltirab turadi. To'yingan sariq rang kechki liboslarga mos, kundalik kiyimda ham ortiqcha ko'rinmaydi. Uzukni yolg'iz yoki xuddi shu rangdagi ziraklar bilan birga taqish mumkin. Qoplama uzoq turishi uchun suv, kimyoviy vositalar va kosmetikadan saqlang. Uyda yechib qo'ying, quruq mato bilan arting, shkatulkaning alohida bo'limida saqlang.

