Mis asosli uzuk, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Tus iliq va bosiq, kunduzi ham, sun'iy yorug'likda ham bir xil chiroyli ko'rinadi. Kundalik taqishga va ortiqcha yaltirashsiz ozoda ko'rinish kerak bo'lgan uchrashuvlarga mos. Yolg'iz taqiladi yoki yondosh barmoqqa shu tusdagi ikkinchi uzuk qo'shiladi. Qoplama suv va yuvish vositalarini yoqtirmaydi. Qo'lni uzoq yuvganda, uy ishlarida va sport bilan shug'ullanganda yechib qo'ying, quruq quticha ichida saqlang.

