Uzuk mis qotishmasidan, ustidan 18 karat sariq tilla yugurtirilgan, koʻzlariga tiniq fianitlar oʻrnatilgan. Qirralangan toshlar xona yorugʻida ham yaltirab turadi. Bu model toʻy, bayram va suratga tushish uchun mos, oddiy kunda ham bir rangli, yirik naqshsiz kiyim bilan taqiladi. Parvarishi: toshlarga zarba tegishidan saqlang, dush va uyqudan oldin yechib qoʻying, quruq yumshoq mato bilan arting, qutichaning alohida uyasida saqlang.

