Mis uzuk, ustidan 18 karat sariq tilla yugurtirilgan. Fianit toshlari tiniq yaltiraydi va kunduzgi yoruglikda ham yaxshi seziladi. Kundalik kiyimga ham, bayram liboslariga ham mos keladi. Bir xil ohangdagi zirak va bilaguzuk bilan taqilsa, komplekt yaxlit chiqadi. Qoplama uzoq saqlanishi uchun suv, atir va krem tegishidan ehtiyot qiling, alohida qutida yoki xaltachada saqlang, yumshoq quruq mato bilan artib turing.

