Uzuk mis asosidagi zargarlik qotishmasidan, ustidan 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Qoplama iliq pushti tus beradi, klassik sariqdan yumshoqroq va har qanday teri rangiga yarashadi. Toshsiz model, shuning uchun boshqa taqinchoqlar bilan birga kiyish qulay. Uni yolgiz yoki xuddi shu rangdagi ingichka uzuklar bilan kiying. Tilla yugurtirilgan qatlam uzoq turishi uchun dush, uy yumushlari va krem surtishdan oldin uzukni yeching. Quruq qutichada, alohida saqlang va yumshoq salfetka bilan arting.

