Uzuk mis qotishmasidan, ustidan 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Rangi tekis va iliq, keskin ajralib turmaydi, har qanday garderobga mos keladi. Bu kunda taqish uchun qulay variant: kompyuterda ishlaganda halaqit bermaydi, koylak, svitir yoki libos bilan vazmin chiqadi. Xohlasangiz, shu rangdagi ikkinchi uzuk bilan birga taqiladi. Ehtiyotkorlik bilan foydalanilsa, qoplama uzoq xizmat qiladi: uy yumushlari va idish yuvishda yeching, quruq mato bilan arting, qutida saqlang.

