Uzuk misdan tayyorlangan va 18 karat tilla yugurtirilgan. Asosi mustahkam, shaklini yaxshi ushlab turadi, qoplama esa bir tekis tillarang beradi. O'rtasida qirrali fianit bor, u yon tomondan tushgan yorug'likda yaqqol tovlanadi. Taqinchoq kundalik kiyimga ham, uchrashuvga ham mos keladi. Uni yolg'iz yoki shu ohangdagi bilaguzuk va ziraklar bilan to'plam qilib taqish mumkin. Qoplama uzoq xizmat qilishi uchun uni namlik va upa-elikdan asrang. Dush, uy yumushlari va krem surtishdan oldin yechib qo'ying, alohida xaltachada saqlang, yumshoq quruq mato bilan arting.

