Uzukning asosi misdan, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Qoplama rangi bosiq, shu bois u har kuni taqinchoq taqadigan va ortiqcha yaltiroqni yoqtirmaydiganlarga mos. Qoshsiz model bir necha uzuk bilan birga chiroyli koradi: yonma-yon barmoqlarda ikki-uch uzuk tartibli chiqadi. Shu rangdagi zirak va bilaguzuk bilan uygunlashadi. Dush, sport va uy ishlaridan oldin yeching, kremni avval surting. Yopiq qutida yoki xaltada, qoshli buyumlardan alohida saqlang, shunda qoplama tirnalmaydi.

