Uzukning asosi mis, ustidan 18 karat sariq tilla yugurtirilgan. Tusi to'yingan, shu bois taqinchoq uzoqdan ham yaxshi ko'rinadi. Qoshga fianitlar qadalgan, ular bir tekis yog'du beradi va sodda shaklni bayramona qiladi. Uzuk tadbirga ham, shaharga chiqishga ham mos, yolg'iz yoki qo'shni barmoqdagi silliq uzuk bilan taqiladi. Qoplama saqlanishi uchun dush va tozalash ishlaridan oldin yechiladi, boshqa buyumlarga ishqalanmasin deb alohida saqlanadi.

