Uzuk misdan tayyorlangan, sirtiga 18 karat pushti tilla qatlami surilgan. Yuzasi silliq, keskin qirralari yo'q, shuning uchun kiyimga ilashmaydi va barmoqda qulay turadi. Pushti qoplama yumshoq ko'rinadi va vazmin kiyimlarga mos: bej, oq, kulrang, to'q ko'k. Uzukni yakka taqish yoki xuddi shu tusdagi bilaguzuk bilan birga kiyish mumkin. Qoplama uzoq turishi uchun oddiy qoida bor: suv va kimyo kamroq tegsin. Uyda uzukni yeching, xaltachada saqlang, vaqti-vaqti bilan quruq yumshoq mato bilan arting.

